“Cog‘lom bola haftaligi”

Farzandlarga o‘zgacha g‘amxo‘rlik qilish azal-azaldan xalqimzga xos hislatlardan sanaladi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki yillardanoq yurtimizda Prezidentimiz tashabbusi va rahnamoligida sog‘lom avlodni tarbiyalash, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ham ma’nan ham jismonan sog‘lom va barkamol qilib voyaga yetkazish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.

Ana shu xayrli ishlarning mantiqiy davomi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda YUNISEF xalqaro tashkiloti bilan hamkorlikda «Sog‘lom bola haftaligi» tashkil qilindi.

Ushbu tadbir bolalarni birlamchi tibbiy-profilaktika tekshiruvidan o‘tkazish va aniqlangan kasalliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish maqsadida tashkil etildi.

Haftalik doirasida ikki yarim millionga yaqin bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi rejalashtirilgan. O‘zbekiston tibbiyot muassasalariga YUNISEF tomonidan ko‘rish qobiliyati, suyaklar, teri va soch salomatligi hamda immun tizimining mustahkamlanishi uchun tarkibida A vitamini bo‘lgan dori-darmon vositalari topshirildi.

29 iyunga qadar davom etadigan haftalik doirasida mazkur preparat bilan besh yoshgacha bo‘lgan bolalar bepul ta’minlanadi.

O‘z muxbirimiz

Yana o‘qing:  Tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish yo‘lidagi muhim qadam

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: