Yong‘in xavfsizligi: har faslda ogohmiz

Beparvolik yomon oqibatlarga olib keladi. Ayniqsa, tilsiz yov – olovga nisbatan loqayd bo‘lsaku nafaqat mol-mulkimiz, balki hayotimizga ham jiddiy xavf soladi.

Shu sababdan olovdan ehtiyot bo‘lib foydalanish kerak. Mamlakatimizda o‘tkazilayotgan an’anaviy «Yong‘in xavfsizligi oylik»lari fuqarolarimizning bu boradagi sergakliklarini oshishiga yordam bermoqda.

Poytaxtimizdagi ko‘p qavatli binolar shahrimiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turadi. Ammo ba’zan ana shu chiroyga dog‘ tushiradigan holatlar ham yo‘q emas. Ko‘p qavatli uylarda yashovchi ko‘pchilik fuqarolar ta’mirlash jarayonida xonadonlaridan chiqqan qurilish materiallarini vaqtinchalik uyning yo‘lagiga chiqazib qo‘yishadi. Bu bilan yo‘lakdan o‘tayotgan qo‘shnilarga va o‘zlariga bir qancha qiyinchiliklarni tug‘dirishadi. Bu yo‘laklar biron bir favqulodda hodisa, zilzila yoki uyda yong‘in sodir bo‘lgan taqdirda fuqarolarni qutqarish uchun birinchi qutqaruv yo‘li hisoblanadi. Qurilish ashyolari ustiga yo‘lovchilarning sigareta qoldiqlarini tashlashi yoki yosh bolalarning gugurt o‘ynashi natijasida yong‘in kelib chiqishi ehtimoli yuqoriligi doim biz yong‘in xavfsizligi xodimlarini xavotirga solmoqda. Bunday ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish borasida tuman Yong‘in xavfsizligi bo‘limi xodimlari mahallalardagi uchrashuvlarda fuqarolarga keng ko‘lamli tushuntirish ishlarini olib bormoqdalar.

Kapitan X.MERGANOV,

Sergeli tumani IIB Yong‘in

xavfsizligi bo‘limi

Yana o‘qing:  ENG ARZON TELEFON

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: