Yurak xuruji qon guruhiga bog‘liqmi?

Ma’lum qon guruhiga kiruvchi insonlar havoning ifloslanishi oqibatida kelib chiqadigan yurak xuruji xavfi yuqori bo‘lgan toifaga kirishi mumkin.

Xususan, II, III, IV qon guruhiga ega va yurak ishemik kasalliklari bilan og‘rigan kishilarda atmosferaning ifloslanishi oqibatida tez-tez yurak xuruji qayd etiladi.

Yevropa kardiologlari jamiyatining fikricha birinchi qon guruhidan tashqari boshqa qon guruhlariga mansub kishilarda tomirlarda aylanayotgan qon tarkibida oqsil miqdorining yuqoriligi hisobiga yurak xuruji va insult xavfi ko‘p uchraydi. Ekspertlar 1 million 300 ming kishiga tegishli tibbiy ma’lumotlarni tahlil qilib, ana shu xulosaga keldilar. Yuqorida tilga olingan qon guruhlaridagi insonlarning har ming nafaridan 15 nafari yurak xurujiga duchor bo‘lishar ekan. Ushbu ko‘rsatkich I qon guruhiga kiruvchi kishilarda 14 nafarni tashkil etgan.

Ilgari IV qon guruhiga ega shaxslarning yurak kasalliklari bilan og‘rishi boshqa qon guruhlariga nisbatan 23 foizga ko‘pligi qayd etilgan. Shuningdek, II qon guruhiga kiruvchi shaxslarda qondagi xolesterin miqdorining yuqoriligi kuzatilgan. Buning oqibatida qon bosimi oshishi kasalligining (gipertoniya) ancha erta boshlanishi aniqlangan. Olimlar qaysi qon guruhiga qanday kasalliklar xavf solishini aniqlash maqsadida har bir qon guruhi ustida alohida chuqur, tibbiy tahlillar olib borish haqida fikr bildirmoqdalar.

Yana o‘qing:  Inson huquqlarini himoya qilishda samarali yondashuvlar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: