Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston

Buyuklar avlodi bo‘lmoq yaxshida,

Ulug‘bek yulduzi samo naqshida.

Vatan yashar har bir siymo shaxsida,

Bir jon ekan, Senga ming jon baxshida,

Fidoying bo‘lgaymiz, O‘zbekistonim.

Buxoriy, Termiziy, Ahmad xikmati,

Yo‘lchi yulduz bo‘ldi Islom ibrati.

Yuksak ma’naviyat – Vatan qudrati.

Imonli qalblarda so‘nmas qimmating,

Fidoying bo‘lgaymiz, O‘zbekistonim.

Ostonada ko‘ringanda savlating,

Dunyolarga dovrug‘ soldi shavkating.

Har bir elu elat bilar shavqating.

Yuksalmoqqa keldi sening navbating,

Fidoying bo‘lgaymiz, O‘zbekistonim.

Shonli tariximiz – rivoyat emas,

Tarix-la maqtanmoq – kifoyat emas.

Vatanni sevmaslik – hidoyat emas,

Loqaydlik vijdonga himoyat emas.

Fidoying bo‘lgaymiz, O‘zbekistonim!

To‘lqin AMONOV,

Dehqonobod tumanidagi

76-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi

Yana o‘qing:  Boqiy hurriyat

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: