Osmon yig‘laydimi, oyijon?

Osmon tundlashib, bahorning yoqimli yomg‘iri yog‘a boshladi. Uch yarim yashar qizcha hayron bo‘lib onasidan so‘radi:

– Oyijon, qarang, osmon yig‘layapti. Uni kim xafa qildi?

– Osmon yig‘lamaydi, qizim, U barcha daraxtu gullarga, o‘sayotgan o‘tlarga suv beryapti. Uni yomg‘ir deymiz. Agar osmon yomg‘irini qizg‘ansa, ular qurib qolishadi. Keyin daraxtlar osmondan xafa bo‘lishadi.

Qizaloqqa onasining gapidan ko‘ra, yomg‘irning shovullab yog‘ayotgani qiziqroq edi. U kuyinib:

– Voy, shunaqa qattiq yig‘layaptiki… bechora.

Bir zum indamay, o‘zicha o‘ylanib qoldi:

– Ha-a, – dedi miyasiga kelgan fikrdan quvonib. Unga o‘yinchoqlarimni, barmog‘i bilan sanay boshladi, ayig‘imni, quyonimni, kecha dadam olib bergan sochi uzun qo‘g‘irchog‘im bor-ku, uni ham bersam, yig‘lamaydimi-a? Yuring, ko‘chaga chiqib o‘yinchoqlarimni berib kelaylik. Shunda u xursand bo‘ladi.

Shahnoza KARIMOVA

Яна ўқинг:  Таълимга янгича ёндашув юксак самара беради

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: