Inson huquqlarini himoya qilishda samarali yondashuvlar
Toshkentda “Inson huquqlari sohasida taraqqiyot mezonlarini o‘lchash bo‘yicha qiyosiy ko‘rsatkichlar: xalqaro amaliyot va O‘zbekiston tajribasi” mavzuida xalqaro konferensiya boshlandi.
Anjumanda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq inson huquqlarini himoya qilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Konferensiya ishtirokchilari O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish masalasiga davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri sifatida qaralishi va xalqaro sheriklar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshirilishini qayd etdi.
Anjumanning yalpi va sho‘ba yig‘ilishlarida inson huquqlari sohasidagi taraqqiyot mezonlari, bu boradagi xalqaro amaliyot va O‘zbekiston tajribasi, mazkur yo‘nalishda xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirishga oid masalalar muhokama qilindi. Xalqaro anjuman doirasida O‘zbekistonda inson huquqlarini ta’minlash va himoya qilishga bag‘ishlangan ko‘rgazma tashkil etildi.
Konferensiya 22 noyabr kuni Samarqand shahrida o‘z ishini davom ettirdi.