Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi delegatsiyasi Koreya Respublikasiga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi delegatsiyasi Koreya Respublikasiga tashrifi doirasida “Sejin G&E Co. Ltd” kompaniyasi vakillari bilan Ansan shahridagi chiqindilarni qayta ishlovchi “Ansan Recycling Center” korxonasiga tashrif buyurdilar. Ushbu korxona qattiq maishiy chiqindilarni saralash bilan shug‘ullanib, Ansan shahrining 750 ming aholisiga xizmat ko‘rsatadi. Qattiq maishiy chiqindilarni saralash va qayta ishlashning yillik hajmi 15 ming tonnadan ziyodni tashkil etadi.

Bugungi kunda korxona qattiq maishiy chiqindilarning 80 foizgacha bo‘lgan foydali komponentlarini saralash imkonini beruvchi zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlangan.

Uchrashuv davomida tomonlar kelgusidagi hamkorlik bo‘yicha o‘zaro fikr almashdilar. Kompaniya rahbariyati O‘zbekiston Respublikasida chiqindilarni kompleks boshqarish sohasida olib borilayotgan islohotlarni yuqori baholab, hamkorlikka qiziqish bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur tashrif chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda “Sejin G&E Co. Ltd” kompaniyasi o‘rtasida qattiq maishiy chiqindilarni utilizatsiya qilish va qayta ishlash, Toshkent viloyati Ohangaron tumanida joylashgan Toshkent shahar poligonida chiqindixona gazini qayta ishlab, undan elektr va issiqlik energiyasini olish texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqishni ko‘zda tutuvchi memorandumni imzolash rejalashtirilgan. Loyihaning umumiy qiymati 50-60 mln. AQSH dollari.

uznature.uz

Yana o‘qing:  Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasi o‘tkaziladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: