Osiyo chempionati yakunlandi

Poytaxtimizda qo‘l jangi bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo ochiq chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 10 oltin, 7 kumush va 13 bronza medalni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, mamlakatimiz huquqni muhofaza qilish organlari qo‘l jangi federatsiyasi va Xalqaro qo‘l jangi federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan ushbu musobaqada qit’amizning o‘n beshga yaqin davlatidan yuzdan ortiq sportchi ishtirok etdi.

Chempionat bahslarida Ramazon Temirov, Olimjon Normurodov, Muhiddin Mamajonov, Jahongir Jumayev va Botirbek Xo‘jabekov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Husniddin Sattorov, G‘iyosiddin Jamoliddinov, Elbek Eshmurodov, Salohiddin Ibrohimov, Ilg‘or Asadov kumush, Shahboz Tursunov, Ravshan Abdulazizov, Alpomish Qurbonnazarov, Eldor Sulaymonov, Hasan Bozorov, Bahrom Mahmudov bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Xotin-qizlar o‘rtasida o‘tgan bellashuvlarda Zarina Olimjonova, Maftuna Quvondiqova, Shohida Rahimova, Shahnoza Nizomova, Madina Ergasheva o‘z vazn toifalarida shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. Terma jamoamiz a’zolaridan Nozima Umarova hamda Robiya Qo‘chqorova ikkinchi, Maftuna Yodgorova, Sevara Mardonova, Hilola Karimova, Dilafruz Tursunboyeva, Maftuna Esonova, Zilola Teshayeva va Nataliya Qodirova uchinchi o‘rindan joy oldi.

Osiyo ochiq chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

T. ORTIQOVA

Yana o‘qing:  Tibbiy-ijtimoiy yordam: 100 ming nafarga yaqin fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: