Qovoq qo‘l va oyoqdagi og‘riqni qoldiradi
Abu Ali ibn Sino qovoqni qo‘rda ko‘mib pishirib, qand bilan aralashtirib, ichni yumshatish uchun iste’mol qilishni tavsiya etgan.
Uning shirasi bilan esa tomoq og‘rig‘i va miya kasalliklarini davolagan. Shuningdek, bu poliz ekinini qo‘rga ko‘mib pishirib, qo‘l va oyoqlarning og‘rigan joylariga bog‘lansa, shifobaxsh ta’sir etadi. Shu tarzda pishirilgan qovoqni o‘simlik moyi bilan aralashtirib, bitmaydigan yaralar ustiga bog‘lansa, malhamdek ta’sir qiladi.
V. PO‘LATOVA tayyorladi.