Xalqaro bank kartalari bo‘yicha onlayn tarzda aviachiptalar xarid qilish imkoni yaratildi
“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan hamkorlikda aviachiptalarni aviakompaniyaning korporativ sayti orqali sotilishini ta’minlash bo‘yicha loyihaning navbatdagi bosqichini ishga tushirdi.
Unga ko‘ra aviachipta uchun to‘lovlarni xalqaro bank kartalari orqali amalga oshirish mumkin. Joriy yil 10 noyabrdan boshlab aviachipta uchun haqni VISA bank kartalari orqali to‘lash mumkin. Keyingi bosqichda MasterCard, American Express plastik kartalari va boshqa turdagi kartalardan foydalanish imkonini beruvchi xalqaro to‘lov tizimini ulash ko‘zda tutilgan.