Huquqlarimiz himoyachisi
“Sog‘lom ona va bola” ayollar va yoshlar markazining “Oila madaniyati – yurt tinchligi” mavzuidagi “Salohiyat” ko‘chma klubining navbatdagi tadbiri poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi “Bog‘ishamol” mahallasida bo‘lib o‘tdi. Davra suhbati “Bilim” kutubxonasi, “Kamalak” nashriyoti bilan hamkorlikda o‘tkazildi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar Bosh Qomusimiz yurtimizning buguni va kelajagining ifodasi ekanligini ta’kidlab, asosiy qonunimizning mazmun-mohiyatini sharhlab berdilar. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari asosida “O‘z huquqingizni bilasizmi?” mavzuida tayyorlangan savolnomalar asosida jonli muloqot o‘tkazildi.