O‘pka kasalliklari revmatoid artrit bilan bog‘liq
Kanadalik tadqiqotchilar revmatoid artriti – bo‘g‘im xastaligi surunkali o‘pka kasalliklarining rivojlanish xavfini oshirishini aniqladilar.
Olimlar tomonidan 24 ming 625 nafar revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlar va 25 ming 396 nafar bunday xastalikka chalinmagan ko‘ngillilarning kasallik tarixi o‘rganilganda revmatoid artrit bilan og‘rigan xastalarning o‘pka kasalliklari bilan shifoxonalarda davolanishlari ketma-ketligi boshqalarga nisbatan ko‘proq ekanligi ma’lum bo‘ldi.
O‘pka kasalliklarini keltirib chiqaruvchi barcha omillarni hisobga olganda ham revmatoid artrit xastaligi bilan og‘rigan dardmandlarning o‘pka xastaliklariga chalinishi, bunday kasallik bezovta qilmagan ko‘ngillilarga nisbatan 47 foizga ko‘pligi mutaxassislar tomonidan qayd etilgan.