Sharof Rashidov xotirasiga bag‘ishlangan musobaqa

Yirik davlat arbobi va atoqli yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash bo‘yicha Respublika tashkiliy qo‘mitasi ishlab chiqqan dasturga ko‘ra Jizzaxda sportning eng ommaviy turlari bo‘yicha xotira turnirlari va birinchiliklar o‘tkazildi.

Dastur doirasida 2002–2003 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida boks bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur turnirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 364 nafar yosh sportchi qatnashdi.

Jizzax olimpiya zaxiralari kollejida bir hafta davom etgan musobaqalarda 15 vazn toifasida g‘oliblar aniqlandi. G‘olib va sovrindorlarga Sharof Rashidov siymosi tushirilgan maxsus medallar, diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.

Musobaqa doirasida yosh sportchilar atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidovning hayot va mehnat faoliyati, u tug‘ilgan hududning diqqatga sazovor joylari bilan tanishdi.

T. ORTIQOVA

Yana o‘qing:  V Yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlarida 28 ta medal bilan umumjamoa hisobida uchinchimiz

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: