Bola salomatligiga to‘sqinlik qiluvchi 3 vosita

Bugun bolalar do‘konlari kichkintoylar va ularning ota-onalari uchun qulay bo‘lgan mollar bilan to‘la. Lekin biz hayotimizni yengillashtirish bilan o‘zimiz bilmagan holda farzandlarimizning rivojlanishiga to‘sqinlik qilamiz. Axir hamma ixtirolar ham foydali bo‘lavermaydi-ku. Ba’zilari esa faqat ma’lum bir yoshgacha foyda keltiradi.

Bir yoshdan keyin rezinka so‘rg‘ich va shisha idishlar

Jajji chaqaloq ovqatlana olmagani uchun unga shisha idish zarur bo‘ladi. Rezinka so‘rg‘ichlar esa so‘rish refleksini qondiradi va uni tinchlantiradi. Lekin bola bir yoshga to‘lganidan keyin yaxshisi uni bu narsalardan voz kechishga o‘rgatish lozim. Aks holda doimiy ravishda so‘rish tishlar shaklini buzadi va go‘dakda tirnoq, qalam, ruchkalarni tishlash kabi jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi.

Yurishga o‘rgatuvchi aravachalar

Bunday aravachalardan foydalanish bolalar shifokorlari tomonidan umuman tavsiya qilinmaydi. Birinchidan, bu umurtqaga katta og‘irlik tushiradi. Bola hali mustaqil ravishda yura olmaydigan bo‘lsa, demak uning umurtqasi hali bunga tayyor emas. Ikkinchidan, bola aravacha ichida muvozanatini saqlay olmasdan o‘zini oldinga tashlaydi, demak bu unga haqiqiy yurishni o‘rganishga yordam bermas ekan.

1,5 yoshdan keyin bir martalik tagliklar

Bir martalik tagliklar – bu juda qulay, lekin siz ulardan qancha uzoqroq foydalansangiz, tuvakka o‘rgatish jarayoni shuncha qiyinroq bo‘ladi. O‘zingiz o‘ylab ko‘ring, taglikda issiq va quruq, va hatto, bola o‘zining “ishini” qilib qo‘ysa ham, bu unga hech qanday noqulaylik tug‘dirmaydi. Agar bolani pamperssiz ishtonchalarga o‘tkazsangiz, u namlikning yoqimsiz holatini his qiladi va tuvakka o‘tirishga tezroq o‘rganadi. Shuning uchun bolani 18-20 oylikdan boshlab bir martalik tagliklardan ozod etish zarur.

Vasila PO‘LATOVA tayyorladi.

Yana o‘qing:  “Jizzaki, qo‘rs va injiq…” - bolalar ruhshunosiga 7 savol

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: