Istiqlolning istiqbolli farzandi

Komillik nafaqat ma'nan, balki, jismonan sog'lomlik bilan ham belgilanadi. Ya'ni, sog'liq inson yetukligining eng asosiy mezon­laridan biridir Ana shunday hayot haqiqatini to'g'ri anglab yetgan tengdoshlarimni ko'r­ganimda ularga havas bilan boqaman. Erishyotgan yutuqlari esa meni behad quvontiradi. Mam­lakatimiz taraq­qiyotiga qo'shayotgan hissalari bilan kishida faxr va iftixor tuyg'usini uyg'otadi.

Ana shunday umidli yoshlardan biri mustaqillika tengdosh Zuhriddin Nurmatovdir. Bolalikdan sportga o'zgacha mehr qo'ygan Zuhrid­dindagi havas va ishtiyoq uni shahrimizdagi «Jar» sport sog'lomlashtirish markazi tomon yetakladi. U yerda Sobirjon Iskandarov murabbiyligida taek­vondo sport turi mashg'ulotlariga qatnay boshladi. Barcha sohada bo'lgani kabi sportda ham qilingan tinimsiz mehnat o'z samarasini beradi. Asta-sekin shahar va respublika miqyosidagi sport musobaqalarida g'alabalarga erishgan sportchimiz 2009-yil noyabr oyida Qozog'istonning Olmota shahrida taekvondo bo'yicha «Sport giyohvondlikka qarshi» shiori ostida o'tkazilgan ochiq chempionatida o'z vazn toifasida 1-o'rinni egalladi. Ketma-ket g'alabalarga erisha boshlagan Zuhriddin 2011-yilda qora belbog' sohibi bo'ldi. 2012-yilning oktyabr oyida esa Qozog'istonning Sariog'och shahrida taekvondoning ITF yo'nalishi bo'yicha bo'lib o'tgan ochiq chempionatda yosh sportchi yana bir bor tengsiz ekanligini isbotlab, 1-o'rin sohibiga aylandi. Mazkur yilning 21-23-dekabrida Olmota shahrida bo'lib o'tgan 14-xalqaro chempionatda ham unga munosib raqib topilmadi.

O'z ustida ishlashni kanda qilmaydigan umidli sportchimiz mana uch yildirki, yoshlarga murabbiylik qilmoqda. Uning kelgusidagi ishlariga omad va zafarlar tilab qolamiz.

Farrux BAFOYEV,

O'zMU talabasi

Яна ўқинг:  Саҳифага сиғмаган сатрлар

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: