Orasta qizlar – oila ko`rki

Donolar “Аyol dunyoning yarmini tashkil etsa, qolgan yarmini dunyoga keltiradi”, – deydilar. Erkak kishi oilamiz ustuni, suyanchig'i bo'lsa, dilbar ayollarni ana shu xonadonni tebratguvchi fayzi-yu barakasi, charog'boni deyish mumkin. Bu bejizga emas, albatta. Zero, ayol xonadondagi sarishtalikni, tartibni o'z zimmasiga olgan, o'zining baxt qo'rg'onini tozalik, poklik ustiga bunyod etgan nazokat sohibasidir.

Oqila ayol bir xonadonning baxti bo'lsa, dunyoqarashi teran, aqlli va latofatli ayollar butun jamiyatimizning ta­yanchidir. Sog'lom avlodni o'stirib, voyaga yetkazish, shuningdek, qiz­larimizni mustaqil hayotga tay­yorlash, ularni har tomonlama komil inson etib tarbiyalash nafaqat ota-onaning, balki biz o'qituvchilarning ham muhim vazi­fa­larimizdan biridir. Maktab, litsey, kollej­larda buning uchun asosiy darslardan tashqari bir necha to'garak va qo'shimcha darslar, ma'naviy-ma'rifiy soatlar tashkil etilganki, ular qizla­rimizning ma'naviy dunyoqarashining kengayishiga xizmat qilmoqda.

Yakkasaroy yengil sanoat kasb-hunar kollejjda 2011-yildan boshlab, «Orasta qizlar» to'garagining faoliyat olib borishi natijasida qizlarimizning o'zlari uchun zarur bo'lgan gigiyenik maslahatlar, kiyinish madaniyati, atrof-muhitni toza tutish, jismoniy sog'lomlashtirish mashq­lari, sog'lom ovqatlanish, erta turmush qurishning salbiy oqibatlari kabi ko`plab masalalar yuzasidan muta­xa­s­sislardan ma'lumot olish va bu borada ular bilan suhbatlashish imkoniga ega bo'l­moq­dalar.

Fuqorolarning sog'lom bo'lishi jamiyat rivoji uchun ulkan ahamiyatga ega. Inson salomatligi bir nechta omillarga bog'liq bo'lib, buning uchun eng avvalo, kun tartibiga rioya qilmoq zarur. Bu esa o'tiladigan tarbiyaviy soatlarimizning asosiy mazmuni hisoblanadi.

Ko'pincha tarbiyaviy soatlarda qizlarga sun'iy pardozni muntazam qo'llash natijasida uni yuz va qo'l terilariga salbiy ta'siri, tabiiy yuz rangiga putur yetkazishlari hayotiy misollar orqali aytib o'tiladi. Ustoz va muta­xassislarimizning mavzuga jiddiy yondashuvi bois qizlarimizning to'g'ri xulosa chiqarayotganlari qilgan sa'y-harakatlarimizning natijasidir.

Umuman olganda mazkur «Orasta qizlar» to'garagininng faoliyati uzoqni o'ylab tashkil etilgan bo'lib, ayni shu kunlarda dolzarb bo'lib borayotgan mavzularning qamrab olishi natijasida, qizlarimizga hayot yo'llarida asqotadigan to'g'ri maslahatlar berib borish kabi muhim vazifalarni belgilaydi.

Bu to'garakning faoliyati natijasida kollejda o'quvchi qizlar va muta­xassislar birgalikda jam bo'lishib, sog'lom hayot shiorini ilgari surish­moqda. Birgalikda muhokama etilgan muammo hal etilmay qolmaydi. Dildan chiqqan so'zlar esa hamisha besamar ketmaydi.

Яна ўқинг:  Замонавий тиббиёт маскани: юксак ғамхўрлик самараси

Zamira HAKIMOVA,

Yakkasaroy yengil sanoat kasb-hunar kolleji o'qituvchisi

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: