Mana buni sovg‘a desa bo‘ladi

1000 nafardan ziyod o‘quvchi tahsil oladigan maktab kapital ta’mirlandi

Jamiyat taraqqiyoti, el-yurt ravnaqi hamisha yosh avlod ta’lim-tarbiyasi, ularning yuksak malakasi bilan bog‘liq bo‘lib kelgan.

Keksa avlod erishgan yutuqlarga, ular to‘plagan tajribaga tayanib, mamlakatning ilmiy, iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy salohiyatini yanada ko‘tarish yoshlar zimmasiga tushadi. Mamlakatimizda yangi zamon avlodini tarbiyalash, ular dunyoqarashini yangicha qadriyatlar asosida shakllantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Kapital ta’mirlangan poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi 78-umumta’lim maktabi misolida buni yaqqol ko‘rish mumkin.

Joriy yil iyun oyida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida mazkur ta’lim muassasasiga tashrif buyurgan edi.

Prezidentimiz bu yerda amalga oshiriladigan qurilish-ta’mirlash ishlari va kelgusida ta’lim-tarbiya sifatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan tegishli topshiriqlar bergan edi. O‘tgan qisqa vaqt mobaynida ushbu maktab kapital rekonstruksiya qilinib, yangicha qiyofa kasb etdi.

Bugungi kunda maktabda 1 ming 139 nafar o‘quvchiga 63 nafar oliy ma’lumotli o‘qituvchi ta’lim bermoqda.

Butunlay yangicha ko‘rinishda rekonstruksiya qilingan maktab binosida o‘quvchilarning ta’lim olishi uchun barcha sharoit yaratildi. Ta’lim maskani kutubxonasi fondi zarur darslik va adabiyotlar bilan boyitildi. Sinfxonalar zamon talablari asosida jihozlandi. Kimyo, biologiya, fizika xonalari laboratoriya jihozlari bilan ta’minlandi. Shuningdek, maktab sport zali va sport maydonchasi to‘liq ta’mirlanib, zarur sport anjomlari va inventarlari bilan jihozlandi.

O‘quvchilarning sifatli va to‘g‘ri ovqatlanishi uchun shart-sharoit yaratish maqsadida zamonaviy oshxona foydalanishga topshirildi.

Farzandlarimizning o‘qishda, ilmiy ijodkorlikda, madaniyat, san’at va sport sohalarida erishayotgan yutuqlari qalblarimizni faxr-iftixor tuyg‘ulariga to‘ldiradi. Ular zamonaviy texnologiyalar, kompyuterda loyihalashtirish va boshqarish ilmini, bir necha tillarni mukammal egallagan yoshlardir. Bu yutuqlar yurtimizda ta’lim-tarbiya sohasiga qaratilgan yuksak e’tibor hosilidir.

Dilfuza AZIMOVA,

“Sog‘lom avlod” muxbiri

Yana o‘qing:  Tibbiyot sohasidagi yutuq va muammolar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: