Hushyorlik – xavfsizlik kafolati

Har bir voqelik zamirida turli sabablar mavjud. Agar olis moziydan bugungi zamonaviy texnologiyalar asrigacha bo‘lgan yo‘limizga nazar tashlasak, har bir yangilik va taraqqiyot omilida inson ongi-shuuri bilan bog‘liq hayot haqiqati ko‘zga tashlanadi.

Boshqa sohalarda bo‘lgani kabi yong‘in xavfsizligi tizimidagi jarayonlar ham ayni fikrimizga hamohangdir.

Aytish kerakki, Respublikamizda yong‘in xavfsizligi xizmati yildan yilga takomillashib bormoqda. O‘tgan davr mobaynida bu xizmat tarkibi va tuzilishi to‘la shakllanib, zamonaviy yong‘in o‘chirish texnikalari hamda vositalariga ega bo‘ldi. Mustaqillik yillarida ushbu tashkilot o‘z kuch va salohiyatini to‘la namoyon eta olgan xizmatga aylandi. Yaqin o‘tmishda Yong‘indan saqlash boshqarmasi deb yuritilgan tizim Yong‘in xavfsizligi Bosh boshqarmasi, uning viloyatlardagi boshqarmalari hamda bo‘linmalariga aylandi. Mazkur boshqarmalar va bo‘linmalar qoshida faoliyat ko‘rsatayotgan Harbiylashtirilgan va kasbiylashtirilgan Yong‘in xavfsizligi qismlari xodimlari joylarda sodir bo‘lgan yong‘inlar va ularning oqibatlarini bartaraf etish bilangina chegaralanib qolmasdan korxona va tashkilotlarda, keng aholi o‘rtasida yong‘in xavfsizligi qoidalarini targ‘ib etib, yuz berishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisalar oldini olishga, xavfsizlikni ta’minlashga erishmoqdalar.

Rustam XALMENOV,

poytaxtimizning Shayxontohur tumani

YOXB inspektori, serjant

Yana o‘qing:  Vatan ravnaqi – el saodati

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: