TO‘YGA TO‘YONA BILAN

Orzubek surat chizishni juda yaxshi ko‘radi. Kamalak rangli qalamlarni atrofiga qatorlashtirib terib oladi-da, bir-biridan chiroyli, rang-barang rasmlarni chiza boshlaydi. Bor saxovati bilan zarrin nurlarini qizg‘anmay sochayotgan bobo quyosh, sarxad bilmas samo uzra uchib borayotgan qushlar, mevalari g‘arq pishgan bog‘-u rog‘lar, gullari qiyg‘os ochilgan chamanzorlar uning suratida aks etadi. Hozir u butunlay o‘zga mavzuga qo‘l urgan. Qalamni qat’iyat bilan tutgancha ijod qilishga kirishgan… Asta oq qog‘ozda ona va bola siymosi gavdalana boshladi. Jajji nuridiydasini quchib, uni suyib, alqab turgan o‘zbek ayoli siymosi. Orzubek onaning yuz qiyofasini shu qadar aniq tasvirlayaptiki, uning chehrasida aks etgan ifodani oson ilg‘ash mumkin: Ona to‘kin va osoyishta hayotidan masrur, xushqiliq farzandining jajji qo‘llaridan tutib, unga mamnuniyat ila xotirjam boqib turibdi. Atrofda qaldirg‘ochlarning samoda uchayotgani-yu, laylaklarning saf tortib viqor bilan turishlari rasmdan joy ola boshladi. Orzubekni kuzatar ekanmiz, uni ijodga qalb qo‘ri bilan kirishganini anglaymiz. Goh qiyofasi jiddiy tus oladi, goh nigohlaridan hayratni ilg‘aysiz. Yosh ijodkor yigitcha qalb rozlarini ifoda etayotgan bo‘lsa, ne ajab.

Ko‘hna va navqiron Samarqand shahrida joylashgan 1-sonli “Mehribonlik” uyida tarbiyalanayotgan bolajonlarning ijodidan namunalarni ko‘zdan kechirar ekansiz ularning chizgan suratlarida baxtiyor turmush, farovon hayot, eng muhimi ko‘nglidan joy olgan ona Vatanning mehr-muhabbati aks ettirilganiga guvoh bo‘lasiz. Bu bejiz emas. Zero, yurtimizda ijtimoiy himoyaning mustahkam amaliy tizimi yaratilgani, boquvchisini yo‘qotgan, kam ta’minlangan, yaqinlaridan judo bo‘lgan bolajonlar ham e’tibor va g‘amxo‘rlikda ulg‘ayayotgani fikrimizning tasdig‘idir. Buni biz 1-sonli “Mehribonlik” uyidagi bolajonlar hayoti misolida ko‘rishimiz mumkin.

Mazkur “Mehribonlik” uyi joriy yilda “Sen Yolg’iz Emassan” respublika jamoatchilik bolalar fondi tomonidan qurilgan bo‘lib, 176 nafar tarbiyalanuvchilar uchun mo‘ljallangan, jahon andozalariga mos, zamonaviy ko‘rinishdagi bino muassasa hovlisida qad ko‘targan: Ma’muriyat binosi, o‘g‘il-qizlar uchun alohida yotoqxonalar, ikki qavatli maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuvchilar bo‘limi, zamonaviy, qulay, keng va yorug‘ oshxona, barcha jihozlar bilan jihozlangan sport zali, kir yuvish bo‘limi, ikki qavatli o‘quv bo‘limi mavjud bo‘lib, qurilish chog‘ida binolardan binolarga o‘tish qulayligi, yong‘in xavsizligining oldini olish kabi jihatlar e’tiborga olingan.

Яна ўқинг:  VATANIM O‘ZIBEKISTON

– Muassasamizning tashkil etilganiga endigina ikki oy bo‘ldi, – deydi muassasa rahbari Mavjuda Faxrutdinova. – Bolajonlarimizning bir-birini yaxshi bilib, mavjud sharoitga ko‘nikib ketishlari uchun ham bu kam fursat sanaladi. Shunga qaramay ular xuddi opa-singil, aka ukalardek, ahil va inoq. Tarbiyalanuvchilarning bir-biriga bo‘lgan mehr-oqibati va g‘amxo‘rligini ko‘rib juda quvonaman. Biz bolalarimizni yurtimizga nafi tegadigan taniqli bastakor, tajribali arxitektor, yetuk jurnalist kabi qator mutaxassislar etib kamol toptirish bilan birgalikda eng avvalo ularni mehribon, sadoqatli, vatanparvar qilib tarbiyalashimiz lozim. Bag‘rimizga olgan bolalarni ana shu fazilat bilan kamol toptiryapmizmi, demakki biz oldimizda turgan vazifani qaysidir ma’noda uddalayapmiz, deya olaman.

“Mehribonlik” uyida sartaroshlik, rassomchilik, mehnat, musiqa, tikuvchilik, raqs kabi to‘garaklar tashkil etilgan. To‘garaklarga bolalarimiz yuz foiz qamrab olingan. Bu esa ularni mashg‘ulotlarga birgalikda, uyushqoqlik bilan yondashishga, kelajakda hayot yo‘lini, o‘z iste’dodini belgilab olishiga xizmat qilishi shubhasiz.

– Har bir o‘qituvchi, to‘garak rahbarining o‘ziga xos uslubi, yo‘nalishi bor, – deydi muassasa tarbiyalanuvchisi Jasur Zokirov. – Muassasamizning har bir to‘garak rahbari, tarbiyachilarning mashg‘ulotlarni olib borish uslubi o‘ziga xos. Ayniqsa, rassomchilik to‘garagi rahbarining qunt bilan o‘rgatishlari menga juda yoqadi.

Ayni yoz kunlarida bolalar ochiq havoda hordiq olishga, chiniqib mashg‘ulotlar o‘tishiga, sport bilan shug‘ulla­nishga ko‘proq moyil bo‘ladi. Bu esa ularning jismonan baquvvat, ruhan tetik bo‘lib ulg‘ayishlariga zamin yaratadi. Galdagi yoz 1-sonli “Mehribonlik” uyi tarbiyalanuvchilari uchun juda mazmunli o‘tyapti. Bolajonlar uchun yaratilgan cho‘milish havzasi (basseyn), zamonaviy ko‘rinishdagi futbol, basketbol, volleybol va bolalarning o‘yin maydonchalari, yozgi sahna fikrimizning yorqin isbotidir.. Shuningdek, muassasadagi bir guruh bolalar “Mehribonlik”, “Do‘stlik”, “Sitora” kabi yozgi oromgohlarga jo‘natilib, salomatligiga g‘amxo‘rlik ko‘rsatilishi ham ularni kelajakda durkun va sog‘lom bo‘lib ulg‘ayishiga xizmat qiladi.

Yozning poyoni ko‘rinib, hademay kuz fasli tabiatga o‘z sepini yoya boshlaydi. Yozgi ta’tilda hordiq olib tiniqqan bolajonlar kabi “Mehribonlik” uyi farzandlari ham maktab ostonasiga qadam bosish kunlarini intiqlik bilan kutishmoq­da. Zero, Samarqand shahridagi 10-umumta’lim maktabi muassasa bolajonlari uchun sevimli maskan sanaladi. Maktab va muassasa o‘rtasida hamkorlik yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu bolalar bilan yanada yaqin bo‘lishga, ular bilan ishlashga, bolalarning o‘y xayollari, qiynayotgan muammolarini bartaraf etishga turtki beradi.

Яна ўқинг:  ГИПОАЛЛЕРГИК ПАРҲЕЗ

Tarbiyachilarga atalgan maktab formalari, o‘quv qurollari xona javonlarida taxt. “Mehribonlik” uyi jamoasi ayni vaqtda Vatanimizning 24 yillik to‘yini qizg‘in kutib olish tadorigida. Bolajonlar ham katta qiziqish bilan muassasadagi bayram tadbiriga tayyorlanmoqda.

Ma’rifat TOLIPOVA,

“Sog‘lom avlod” muxbiri

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: