BARNONING ORZUSI

Baland binolar joylashgan ko‘rkam shaharda Barno ismli qiz yashar, u har doim maktabgacha ta’lim muassasasiga qatnar ekan. U muassasaning binosi juda chiroyli va ko‘rkam bo‘lib, shaharning o‘rtasida joylashgan ekan. Barno bog‘chaga emas maktabga borishni juda-juda xohlarkan. Onasi esa unga “qizim katta bo‘lganingda albatta maktabga borasan, hozir esa bog‘changga borishing lozim”, – deb uqtirarkan. O‘jar qiz o‘z so‘zida turib olib , yo‘q oyijon siz bilan birga maktabga boraman, – debdi.

Noiloj qolgan onasi uni o‘zi ishlaydigan maktabiga olib boribdi. Barnoga maktab xuddi bir mo‘jizaviy makonday tuyulibdi. U onasi saboq o‘tayotgan sinf xonasiga kirib partalarning biriga o‘tirib olibdi va darsni kuzata boshlabdi. Darsdan so‘ng onasi bilan uyga qaytgan qiz birdan xomush tortib uxlab qolibdi. Ertasi kuni ertalab Hamida opa qizidan “bugun ham maktabga borasanmi”, – deb so‘rabdi. U esa, yo‘q deb javob beribdi. Nega,– deya ajablangan onasiga Barno shunday javob qilibdi: Maktabga borishdan avval harflarni bilish zarur ekan, men ham avval harf­larni, sanashni obdon o‘rganaman.

Bu gaplarni eshitib xursand bo‘lgan onasi Barnoning qo‘lidan tutib odatdagidek maktabgacha ta’lim muassasasi tomon yo‘l olibdi.

Sevarbek ELBOYeV,

“Nafis g‘unchalar”to‘garagi a’zosi

Яна ўқинг:  Rivoyatchi bobo

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: