Tadbirkori bor yurtning – taraqqiyoti bor

So‘nggi yillarda fan-texnika jadallik bilan rivojlanib bormoqda. Axborot asri deb nomlangan XXI asrda inson tafakkuri ham shunga mos tarzda shakllanmoqda.

Bugungi kunda kompyuterlashtirilgan tizimlar insonning eng yaqin yordamchisiga aylanib ulgurgan. Men ham bolaligimdan kompyuterga qiziqaman. O‘zim tarbiyalangan Chirchiq shahridagi 14-sonli “Mehribonlik” uyidagi ustozlarimning sa’yi-harakati, bergan bilim va ko‘rsatmalari tufayli kompyuter dasturlarining sir-asrorlarini o‘rganib bordim. “Mehribonlik” uyini tamomlaganimdan so‘ng Chirchiq sanoat qurilish kasb hunar kollejida o‘qishni davom ettirdim. Tahsil olish jarayonida ham ustozlarim doimo o‘qishlarimdan xabardor bo‘lib, o‘zlarining qimmatli maslahatlarini berib borishdi.

2013-yili kollejni muvaffaqiyatli tamomladim. Davlatimiz tomonidan Chirchiq shahridagi uy-joylardan biri menga tuhfa etildi. Yurtimizda yaratilgan sharoitlardan unumli foydalangan holda yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatimni ham yo‘lga qo‘ydim. Hozirda o‘zim unib o‘sgan “Mehribonlik” uyida kompyuter savodxonligi to‘garagida bolalarga bilim berish bilan birgalikda Chirchiq shahrida kompyuter servis xizmatida ish yuritaman. Kelajakda soham bo‘yicha Toshkent shahridagi nufuzli oliy o‘quv yurtlaridan biriga o‘qishga kirib, tadbirkorlik faoliyatimni kengaytirmoqchiman.

Yurtimiz biz yoshlarga ko‘rsatgan g‘amxo‘rlik, bildirgan ishonchdan bugun hayotda o‘z o‘rnimni topib borayapman. Bugungi kunda o‘z orzularim va maqsadlarim sari odimlayapman. Mamlakatimizda yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan esa shubhasiz ularga erishaman.

Igor MOKYeIChIK,

Chirchiq shahri

Яна ўқинг:  USTOZIMGA

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: