TABIAT MUHOFAZASI – MUHIT MUSAFFOLIGI

Toshkent viloyatidagi 4 gektar hududni egallagan “Manzarali bog‘dorchilik va o‘rmon xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi”dagi ko‘chatxonada mamlakatimizdagi ekologik muhitni yaxshilash va manzarali qilish, obodonlashtirish, soya-salqin dam olish go‘shalarini barpo etib, musaffolikni ta’minlash maqsadida noyob daraxt va butalar ko‘chatlari urug‘i va qalamchasi ekilib, parvarishlanadi hamda ko‘paytiriladi.

Bugungi kunda Isroil davlati texnologiyasi asosida daraxtlar urug‘ va qalamcha usulida o‘zimizda ekilib, ishlov berilib, parvarishlanayotgan ushbu xo‘jalikda 16 nafar ishchi-xodim faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ayni paytda mavjud maydonda plantaöiya usulida ekilib, parvarishlanayotgan 200 turdan ziyod noyob daraxtlar va butalar 2-3 yildan so‘ng korxona, tashkilot, muassasa va xo‘jaliklarga shartnoma asosida yetkazib beriladi. Xo‘jalikdagi mavjud zamonaviy issiqxonada esa dastlabki qirqilgan qalamchalar ekilib, parvarishlanadi. So‘ngra parvarish keyingi bosqichda ochiq maydonda amalga oshiriladi.

– Noyob daraxt ko‘chatlari va butalarni parvarishlash ham mehr-muhabbatni, sidqidil mehnatni talab etadi. Agar ko‘chatlarga o‘z vaqtida ishlov berib, parvarishlanmasa, ular qurib yoki sarg‘ayib, o‘sishdan ortda qoladi. Shu bois agrotexnik talablarga qat’iy rioya etilgan holda ko‘chatlarga ishlov berish – sug‘orish, oziqlantirish, shakl berish, turli kasallik va zararkunandalardan himoya qilish lozim bo‘ladi. Har yili xo‘jaligimiz maydonida yigirma mingtagacha noyob daraxt ko‘chatlari va butalar yetishtirilib, turli hududlarga yetkaziladi. Hozirda bir gektar maydonda yana yangi ko‘chatxona barpo etish ishlari amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, xo‘jaligimizda ilmiy-tajriba maydoni sifatida o‘simlikshunos olimlar ko‘chat turlarini yanada ko‘paytirish, yangi tur va navlarni yaratish ustida ilmiy tajribalar o‘tkazadilar, – deydi xo‘jalik rahbari Jamshid Temirov.

Kuz mavsumida esa mazkur muassasada bo‘shagan yer maydoniga ishlov berish qizg‘in tus olgan. Chunki, yerni e’zozlab, unga sifatli ishlov berganga yer ham o‘z mehrini in’om etib, baquvvat va tik o‘sgan sog‘lom nihollarni hadya etadi.

Bugungi kunda respublikamizda qrim qarag‘ayi, lola daraxti, kashtan va yapon saforasi singari noyob daraxt ko‘chatlarini yetishtirish va ko‘paytirish maqsadida xo‘jalikda yigirma ming dona ko‘chat va nihollar parvarishlanmoqda.

Yurtimizdagi ekologik muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish, el-yurt farovonligi va obodonchiligini ta’minlash yo‘lida qizg‘in mehnat qilayotgan jamoa xodimlari ayni paytda, issiqxonada dastlabki urug‘larni qadash va qalamchalarni o‘tqazish ishlarini boshlab yuborganlar.

Yana o‘qing:  G‘OLIBLAR TAQDIRLANDI

Zero, bu qalamchalar yosh nihollarga, nihollar esa ulkan va serviqor daraxtlarga aylanadi. Jannatmakon yurtimiz go‘shalariyu oromgohlarini, ko‘cha va chor-atrofni soya-salqin qiladigan ushbu nigohlar insonlarning ko‘ngil ochuvchi, hordiq chiqaruvchi bog‘u rog‘lariga aylanadi.

Maryam AHMEDOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: