Yosh onalarning beparvoligi tufayli yassioyoqlik kech aniqlanmoqda

Oyoq kafti tayanch va harakat vazifalarini bajaradi. Bugungi kunda oyoq kaftlarining kasalliklari tayanch-harakat a’zolarining 25-30 foizini tashkil etadi. Ushbu kasallik kuzatilgan bemorlarga ortopedik oyoq kiyimlar hamda ortopedik moslamalarning qo‘llanilishini talab etadi.

Bu holat jismoniy zaiflik tufayli ruhiy buzilishlarga ham sabab bo‘ladi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, yassioyoqlik bolalarda 8-10 foiz, kattalarda 15-16,5 foiz uchraydi. Eng ko‘p ko‘ndalang yassioyoqliq (birinchi barmoqning tashqariga qiyshayishi) kuzatiladi. Shuningdek, oyoq kaftining bo‘ylama (gumbaz pasayishi) va aralash yassioyoqlik (oyoq kaftining valgusli qiyshayishi) ham mavjud. Kasallikning klinik manzarasi kaft gumbazining yassilanish darajasiga va oyoq kaftining ikkilamchi deformatsiyasi(shaklining o‘zgarishi)ga bog‘liq. Kasallikning boshlang‘ich davrida oyoqlarda charchoq seziladi va oyoq kaft osti sohasida og‘riq paydo bo‘ladi. Og‘ir holatlarda boldir, son, hatto, bel sohalarida og‘riq alomatlari kuzatiladi. Bu oyoqlarning osteoxondroz kasalligi hamda ishalgiya (katta quymich nervining yallig‘lanishi) bilan bog‘liq. Og‘riq asosan kechga borib, ishdan keyingi paytlarda kuchayib, mushaklar tarangligining pasayishi bilan tavsiflanadi.

Yosh onalarimizning beparvoligi, bolalarga e’tiborsizligi tufayli bugungi kunda kasallik belgilari kech aniqlanmoqda.

Tibbiy ko‘rik vaqtida ham bolalar yilda hech bo‘lmaganda ikki bor ortoped-travmatolog xizmatidan foydalanishi lozim. Yassioyoqlikni davolashdan ko‘ra, xastalikning oldini olgan oson.

 

Abdusalim ABDUG‘ANIYEV,

ortoped

Yana o‘qing:  QIZAMIQDAN EMLASH ASRAYDI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: