Bakteriya muvozanatining buzilishi jarohatning bitishini sekinlashtiradi
Ma’lumotlarga qaraganda, har o‘nta odamdan bittasida jarohatning bitishi juda og‘ir kechadi. Manchester universiteti olimlari buning sababini topdi: odam terisining yuza qismida yaraning bitish jarayonini to‘xtatib qo‘yish xususiyatiga ega bakteriyalar (Pseudomonas aeruginosa) borligi aniqladi.
Agar tanaga ushbu bakteriyani topish imkonini beradigan retseptor zararlansa yoki noto‘g‘ri ishlasa, bakteriyalar muvozanatining buzilishi va surunkali shikastlanish yuz berishi mumkin. Jumladan, yuqorida eslatib o‘tilgan bakteriya teri infeksiyalari bilan bog‘liq.
Olib borilgan tekshiruvlar bakteriyalar teri yuzasida muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.