Oila a’zosiga aylangan robot

2014 yil Las-Vegas maishiy elektrotexnikalar ko‘rgazmasida hali tugallanmagan ishlanma sifatida namoyish etilgan “Keesker” xonaki robotlari endilikda savdoga chiqishga tayyor.

Birinchi navbatda ushbu robot harakatlanuvchi multimediali proyektor hisoblanib, uyda har qanday ekran, televizor va monitorning o‘rnini bosa oladi. “Keecker” tasvirni yuqori sifat bilan katta dioganalda har qanday yuzaga, xususan, devor va shiftga tushirib bera oladi.

Bundan tashqari, u 1000 lyumen yorug‘lik oqimiga ega bo‘lgan LED chirog‘iga ega. Og‘zaki yoki mobil qurilmalar yordamida buyruq va ko‘rsatma olish uchun uyda xo‘jayinining ortidan yurishi mumkin. Robotdan ma’lumotlar bazasi sifatida foydalanilish u bilan Wi-Figa ulanish ham mumkin. Ushbu qurilma xonadon sohiblari va begonalarni farqlay oladi. Mashina o‘z egasiga uyga o‘g‘ri tushganligi, derazani ochiq qolganligi, shubhali shovqin, yong‘in, suv toshishi va boshqalar haqida xabar berish imkoniga ega. Eng asosiysi, har bir oila a’zosini ular yoqtirgan kuy bilan uyqudan uyg‘ota oladi. Robot uyda erkin harakatlana oladi va akkumlyatorini quvvatlantirishi uchun maxsus maydonchaga o‘zi boradi.

Yana o‘qing:  Yangi telekanal ishga tushdi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: