Jo‘rabekning ilk sovrini

Tennischimiz Jo‘rabek Karimov Malayziyada Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan nufuzli turnirda o‘zining dastlabki sovrinini qo‘lga kiritdi.

Yosh raketka ustamiz “Fyuchers” turkumiga kiruvchi xalqaro turnirda rossiyalik Aleksandr Malishev, hindistonlik Suraj Prabodx, qozog‘istonlik Denis Yevseev hamda yaponiyalik Ryota Tanumani mag‘lubiyatga uchratib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Hal qiluvchi bahsda J. Karimov AQSH vakili Evan Songga qarshi kortga chiqdi. Bahsning birinchi setida tay-brekda g‘alaba qozongan tennischimiz ikkinchi setda 6: 2 hisobida zafar quchdi. Shu tariqa 19 yoshli Jo‘rabek Karimov musobaqaning bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.

T. ORTIQOVA

Yana o‘qing:  Istiqlol bunyodkori

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: