Ayollarni yoshartiruvchi mavrak
Fitoterapevtlar mavrakni ayollar o‘simligi deb atashadi. Mavrak tarkibida fitostrogen (ayollar estrogen gormonining o‘suvchi analogi) bo‘lib, u homilador bo‘lishga ko‘makchidir.
Qolaversa, mavrak hayz hamda klimaks davrida kechuvchi og‘riqlarni yo‘qotadi. Bu shifobaxsh giyoh choyi ayollarni yoshartiradi. Uni mastopatiya xastaligida qo‘llash mumkin emas.
Marvak barglarining qaynatmasi va damlamasi gripp va O‘RVIda qo‘l keluvchi vosita sanaladi. Shuningdek, tomoqni chayish va damlamani ichish ham foydadan xoli emas.
Choy retsepti:
1 choy qoshiq mavrakka bir stakan qaynagan suv quyilgach, 15-20 daqiqa tindiriladi. Bepushtlikda 1 kunda 1 stakandan 2 mahal ichiladi.
Vasila PO‘LATOVA