Xalq salomatligi yo‘lida hamkorlik

Mamlakatimizda onalik va bolalikni muhofaza qilish, jismonan barkamol avlodni voyaga yetkazish hamda aholi salomatligi masalalariga katta e’tibor qaratilmoqda. Hukumatga qarashli bo‘lmagan «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya jamg‘armasi ham qator yillardan buyon shu sohada faoliyat yuritib kelayotgan tashkilotlardan biridir.

Jamg‘arma tomonidan yo‘lga qo‘yilgan xalqaro hamkorlik aloqalari natijasida mamlakatimizdagi bemor bolalar nufuzli chet el klinikalarida davolanib qaytishmoqda.

Bundan tashqari hamkorlik doirasida rivojlangan chet davlatlar tibbiyot xodimlari tomonidan mamlakatimizda tashkil qilinayotgan tibbiy ko‘rik va maslahatlar ham aholi salomatligini mustahkamlashda katta samara bermoqda.

«Sog‘lom avlod uchun» jamg‘armasi bir qator xalqaro hamkor tashkilotlar bilan birgalikda hukumatimiz qarorlari hamda Davlat dasturlari ijrosini ta’minlash uchun bemor va nogiron bolalarni sog‘lomlashtirish maqsadida qator loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. 2012 yil davomida jamg‘arma mazkur yo‘nalishda Germaniyaning «Friedensdorf International» xalqaro tashkiloti, Janubiy Koreyaning «Save the Children» xalqaro jamg‘armasi, Koreya xalqaro sog‘liqni saqlash KOFIH jamg‘armasi, In Xa universiteti gospitallarida tug‘ma yurak nuqsoni, terining kuyish asoratlari, tug‘ma qo‘l-oyoq bo‘g‘imlari va bosh­qa tashxislar bilan og‘rigan O‘zbekistonlik bemor bolalar bepul sog‘lomlashtirilmoqda.

Jumladan, jamg‘arma uzoq yillardan beri Koreya Respublikasining bir qator xalqaro tashkilotlari va universitetlari bilan hamkorlikda keng ko‘lamda faoliyat olib bormoqda. Xalqaro hamkorlik doirasida «Sog‘lom avlod uchun» jamg‘armasi qoshidagi Tibbiy-ijtimoiy markazning yangi binosi qurilib zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlandi. Respublikamizning eng chekka hududlarida istiqomat qiluvchi aholini chuqur tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, zarur tibbiy yordamlarni ko‘rsatish kabi maqsadlarni ko‘zlagan holda jamg‘armaning Hududlararo ko‘chma tibbiy-ijtimoy patronaj brigadasi «Hyundai» rusumidagi mobil klinika bilan ta’minlandi.

Bundan tashqari, Koreya Respublikasi bilan bir qator sog‘­lomlashtirish dasturlari amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, joriy yilning 16-23 iyun kunlari Koreya Respublikasining In Xa Universiteti gospitali malakali shifokorlari (18 nafar kardiolog, pediatr, ortoped, oftalmolog, farmatsevt va boshqa mutaxassislar) tomonidan respublikamizning bir necha hududlarida: 17-iyun kuni Jamg‘armaning Tibbiy-ijtimoiy markazi va Respublika oftalmologiya klinik shifoxonasida, 18 iyun kuni Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani Surankent qishlog‘i «Ariran» qariyalar uyida bemorlar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shuningdek, 19-21 iyun kuni Navoiy shahri Aeroporti binosida bemorlar umumiy chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Yana o‘qing:  Jahon shaxmat ustalari Toshkentda bahslashmoqda

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish joizki, 2012 yilning 6-13 iyul kunlari Koreya Respublikasining In Xa universiteti gospitali malakali shifokorlari yurtimizga tashrif buyurib, jami 938 nafardan ortiq aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishgan. 3 nafar bemorning ahvoli og‘irroq bo‘lgani uchun Koreya Respublikasining nufuzli klinikalarida sog‘lomlashtirildi. Hozir ular yurtimizga qaytishgan.

– Yurtingizga ikkinchi marta kelishim, – deydi In Xa universiteti gospitali kardiolog vrachi, professor U Song Il. – O‘tgan yili o‘zbekistonlik shifokorlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tibbiy ko‘rik jarayonida qariyb ming nafarga yaqin aholiga zarur tibbiy yordam ko‘rsatgan edik. Shulardan eng og‘ir deb topilgan uch nafar bemor Koreyada davolanib qaytib kelishdi. Hozirda ularning ahvoli yaxshi va shifokorlarning doimiy nazorati ostida. O‘zbekistonda aholi salomatligini mustahkamlash, ayniqsa, bolalar sog‘ligiga juda katta e’tibor qaratilgani meni xursand qildi.

Savob ishni xar kim qilishi kerak, savob ishni xar kuni qilish kerak. Yurtboshimizning mazkur so‘zlarini o‘zlariga shior va dasturilamal qilib olgan «Sog‘­lom avlod uchun» xalqaro xayriya jam­g‘armasiga ana shunday xayrli ishlarida omad tilab qolamiz.

Farhod TOLIPOV

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: