To‘g‘ri ovqatlanish xotira bilan bog‘liq muammolardan saqlaydi

Parhezshunoslar xotira sifati bevosita odamning ratsioniga bog‘liq ekanini ta’kidlaydi. Xususan, V vitamini yetishmasligi, spirtli ichimliklarni ko‘p iste’mol qilish va chekish xotiraning yomonlashuviga olib keladi.

Shuningdek, oziq-ovqat tarkibida uglevod va hayvon yog‘ining ko‘pligi ham zarardan holi emas. Jumladan, agar inson betartib ovqatlansa, yog‘li ovqatlarni ko‘p iste’mol qilsa, neyronlarning hujayrali membranasi qattiqlashadi. Bu esa miyaning axborotni qayta ishlash qobiliyatini pasaytiradi.

O‘z navbatida omega-3 yog‘ kislotasiga boy bo‘lgan baliqlarni muntazam iste’mol qilib borish miya faoliyatini yaxshilaydi. Shuningdek, qahva, choy va kakao ham miya uchun foydali.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Qabziyatni xalq tabobati usulida davolash

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: