Olimlar ko‘rish qobiliyati yo‘qolishining oldini oladigan oqsilni topishdi
Glaukoma – ko‘rish qobiliyatining butkul yo‘qolishiga olib keladigan, rivojlanib boruvchi kasallik. U asosan ko‘z ichi bosimining zo‘rayishi oqibatida paydo bo‘lib, ko‘rish nervlarining zararlanishiga sabab bo‘ladi. Medical News Today nashri xabar berishicha, mutaxassislar glaukoma rivojlanishining mexanizmi haqida ko‘proq ma’lumotlarga ega bo‘ldi.
Olimlar glaukoma vaqtida ko‘z salomatligi uchun muhim bo‘lgan neyroserpin oqsilining faoliyati to‘xtashini aniqladi. Tadqiqotchilar glaukomaga yo‘liqqan va sog‘lom ko‘z pardalarining hujayralarini o‘rganib chiqdi. Natijada, neyroserpin oksidlanish bosimi ta’siri ostida faolligini yo‘qotishi ma’lum bo‘ldi.
Mutaxassislar ushbu kashfiyot glaukomani davolashning yangi usullarini ishlab chiqishda yordam beradi, deb umid qilishyapti. Ayni vaqtda kasallikka qarshi dori vositalari mavjud emas.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.