Rejalashtirilgan operatsiyalarni qaysi vaqtda o‘tkazish kerak?

Olimlar rejalashtirilgan operatsiyalarni tunda o‘tkazmaslikni maslahat beradi. The Daily Mail nashri xabar berishicha, 21:00 dan keyin o‘tkaziladigan operatsiya ikki barobar qiyin kechadi.

Michigan universiteti xodimlari 15807 nafar bemorning ma’lumotlarini tahlil qilib chiqdi va operatsiya jarayoni kunduzi ancha oson o‘tishini aniqladi.

Bundan tashqari, ilgargi tadqiqotlar operatsiyani dam olish kunlari o‘tkazish ham uning murakkablashuviga sabab bo‘lishini ko‘rsatgan edi. Mutaxassislar fikricha, operatsiyani tavsiya etilgan vaqtda o‘tkazish ko‘ngilsiz natijalarning oldini olishga yordam beradi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Brokkoli – eng foydali sabzavot

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: