Tunda ishlash semizlikka sabab
Insonlar mijoziga qarab to‘rt guruhga bo‘linadi. Ya’ni melanxolik, sangivinik, xolerik va flegmatik.
Shuningdek, ular ichki biologik soat ritmi bo‘yicha ma’joziy ma’nodagi tunda serharakat “boyqush”lar hamda kunduz kuni faol “to‘rg‘ay” guruhlariga bo‘linadi. Boyqushlar kabi tunda uyqusi kelmaydigan, ishchan, serharakat odamlar ish jarayoni davomida ko‘p quvvat sarf etgani sababli ular yarim kechasi tamaddi qilishga majbur bo‘lishadi. Bu vaqtda esa insonning moddalar almashinuvi jarayoni susayar ekan. Natijada ortiqcha kaloriyalar organizmda to‘planib, odam semizlikka moyil bo‘ladi. Chunki, kunduz kuni moddalar almashinuvi jarayoniga quyosh nuri ham ijobiy ta’sir etib, u tezlashadi.
GULSHIRIN