Millatlararo do‘stlik ko‘prigi

Ko‘p asrlik madaniy aloqalar xitoy va o‘zbek xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga xizmat qilgan.

1992 yilda O‘zbekiston va Xitoy mamlakatlari o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilgach, ikki xalq o‘rtasidagi munosabatlar yangi bosqichga ko‘tarilib, turli sohalardagi hamkorlik rivoj topib bormoqda.

Poytaxtimizdagi 59-sonli xitoy tiliga iqtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi ham ana shunday ikki xalq o‘rtasidagi o‘zaro rishtalarni mustahkamlashda o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda. Bu yil ta’lim maskanimizda xitoy tili o‘qitilayotganiga 60 yil to‘ldi.

Aytish kerakki, har yili ta’lim maskanimizni 100 nafarga yaqin o‘quvchi bitiradi. O‘qituvchilarimizning pedagogik salohiyatlarini yanada rivojlantirish va o‘quvchilarning xitoy tili bo‘yicha ko‘nikmalarini oshirish maqsadida ta’lim dargohida Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan yangi, zamonaviy lingafon xonasi, “Huawei Tashkent Technology Investment” kompaniyasi tomonidan yuqori sifatga ega “smart-class” (“aqlli xona”) tashkil qilindi. Innovatsion texnikalar bilan jihozlangan bu xonalarda o‘quvchilar nafaqat Xitoy tarixi, madaniyati, urf-odatlarini bilishga, balki ularni yanada tirishqoqlik bilan bilim olishiga zamin yaratadi.

Xitoy tili sehrli til hisoblanib, uning talaffuzi mayin kuy kabi yoqimli, kvadratsimon iyerogliflari esa go‘zal suratlar kabi mo‘jizakordir. Bugungi kunda o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida xalqaro maktab va litsey o‘quvchilarining “Xitoy tili ko‘prigi” an’anaviy tanlovida o‘quvchilarimiz sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritib kelmoqda. Yaqinda o‘ninchi bor bo‘lib o‘tgan saralash bosqichida o‘quvchilarimizning to‘rt nafari birinchi va uchinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.

Istaymizki, yoshlarimiz ushbu tilni o‘rganish orqali ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik elchilariga aylanadilar.

Malika NAJMIDDINOVA

Yana o‘qing:  Ibratli umr hikmati

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: