JAMG‘ARMA FAAOLIYATIDAN (2012/37)

Buxoro viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali va Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armalari viloyat bo‘limi hamkorligida G‘ijduvon tumani “Bolalar istirohat bog‘i”da tumandagi 66 ta maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida “Kichkintoy-shirintoy” sport musobaqalarining tuman bosqichi o‘tkazildi. Musobaqada 21-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi 1-o‘rinni egallab, viloyat bosqichiga yo‘llanma oldi.

Xorazm viloyati Shovot tumani “Paxtakor” mahallasida jamg‘arma mintaqaviy filiali tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan voyaga yetmaganlar o‘rtasida “Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish”, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun mavzularida davra suhbatlari o‘tkazildi.

Jizzax viloyati Zomin tumani Dashtobod shaharchasi, Beshyuz qishlog‘i va Iqbol posyolkalarida jamg‘arma mintaqaviy filiali tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi va fuqarolarga ma’ruzalar o‘qildi. Bundan tashqari shahardagi yolg‘iz qariyalar holidan manzilli xabar olindi.

Qashqadaryo viloyati Muborak tumani Guliston jamoa xo‘jaligida paxta yig‘im-terim xasharchilari orasida jamg‘arma mintaqaviy filiali tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan “Irsiy kasalliklarning oldini olish”, “OITS va giyohvandlikning oldini olish” va “Chekish — umr zavoli” mavzularida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilib, ularga jamg‘arma tomonidan dori-darmonlar va oyoq kiyimlari bepul tarqatildi.

Jamg‘armaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi mintaqaviy filiali va Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armalari hamkorligida Nukus shahridagi 9- umumta’lim maktabida maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida “Kichkintoy-shirintoy” sport musobaqalarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi o‘tkazildi. Musobaqada Amudaryo tumanidagi 31-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi 1-o‘rinni egalladi.

Abbosjon ERGASHEV

“Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi bosh mutaxassisi

Yana o‘qing:  Tibbiy xizmat sifati yuksalmoqda

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: