Xalqaro tibbiy hamkorlik

Yaqinda “Sog‘lom avlod uchun” fondi “ACIBADEM” klinikasi (Istanbul, Turkiya) bilan tibbiy hamkorlik loyihasini amalga oshirdi.

Unga ko‘ra nevrologik (epilepsiya va tutqanoq xuruji) xastaliklari bilan og‘rigan bemor bolalar yuqori malakali turk shifokorlari tomonidan bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shu bilan birga ularga tibbiy maslahatlar berildi.

Mazkur shartnoma doirasida joriy yilning 12 oktyabridan 14 oktyabrgacha bolalar neyrojarrohi, professor Baxattin Tanrikulu Toshkent shahridagi 1-sonli shahar bolalar klinik shifoxonasida aholining kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarini bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi. Unda professor tomonidan 70 nafardan ortiq epilepsiya xastaligi bilan og‘rigan bemor bolalarning yaqinlariga zaruriy tavsiyalar berildi.

Ko‘rikdan so‘ng professor tomonidan Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti kursantlari, klinik ordinatorlar va shifokorlar uchun “Bolalarda uchraydigan epilepsiya xastaligida jarrohlik yondashuvi” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Seminar davomida Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining direktor va o‘rinbosarlari, ushbu muassasa nevrologiya kafedrasi dotsentlari, Toshkent shahar bolalar bosh nevropatologi, klinikaning shifokorlari ishtirok etdi.

Tibbiy loyihaning ikkinchi kunida “ACIBADEM” tarmoq klinikasi mutaxassisi, professor Baxattin Tanrikulu poytaxtimizda yana 20 nafardan ortiq bemor bolani tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi.

Xurshida HUSENOVA

Yana o‘qing:  Fond faoliyatidan (2014/28)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: