O‘zbekistonda 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga energetik ichimliklarni sotish ta’qiqlanadi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari “Oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonunga o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarga energetik ichimliklar savdosini ta’qiqlash nazarda tutilgan tuzatish kiritishni taklif qilmoqdalar.

Muhokamaga qo‘yilgan qonun loyihasida O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksining 164-moddasi maxsus qism bilan to‘ldirilib, unga ko‘ra energetik ichimliklarni o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarga realizatsiya qilish – fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda, mansabdor shaxslarga esa yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan tayyorlanib, keng muhokamaga qo‘yilgan ushbu qonun loyihasi ko‘plab fuqarolar tomonidan e’tirozlarga sabab bo‘lib kelayotgan bolalarni energetik ichimliklardan himoyalash masalasini tartibga solish bo‘yicha qonuniy yechim topishda yordam beradi.

Yana o‘qing:  Yoshlar uyi: Endi “navbatimni birovga berishdi” deyishga hojat yo‘q

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: