Aminokislotaga boy mahsulotlar tez to‘yishga yordam beradi

Mutaxassislar aminokislotaga boy mahsulotlar tez to‘yishga yordam berishini aniqladi. Bunday mahsulotlar ishtahani nazorat qiluvchi miya hujayralarini kuchaytiradi. Aminokislota o‘rik, olxo‘ri, bodom, tovuq go‘shti, avokado va boshqa mahsulotlar tarkibida ko‘p.

Aminokislota moddasiga boy mahsulotlar miyaning ishtaha va vazn bilan bog‘liq bo‘lgan hududlarida joylashgan hujayralarga ta’sir o‘tkazadi. Tadqiqotda mutaxassislar miyaga aminokislota moddalarini kiritdi. Bor-yo‘g‘i o‘ttiz soniyadan so‘ng yuqorida aytib o‘tilgan hujayralar to‘qlik hissini paydo qiluvchi signallarni ishlab chiqardi. Olimlar ushbu usul semirishga qarshi kurashishda yordam beradi, deb umid qilishyapti.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Musiqa – bola xotirasini yaxshilaydi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: