Maktabgacha ta’lim: “start”da turgan yangi vazirlik faoliyati xususida

Sog‘lom va barkamol avlod tarbiyasiga doimo mas’uliyat bilan yondashish o‘zbek millatiga xos bo‘lgan xususiyatlardan biri. Xalqimizga mansub ana shu mezon asosida mamlakatimizda kelajak avlod vakillariga yuksak e’tibor qaratilib, noyob uzluksiz ta’lim tizimi yaratildi.

Ta’kidlash joizki, kelajak avlodning ilk tasavvur va qarashlari shakllanadigan maktabgacha ta’lim jarayoni mazkur tizimning ilk bo‘g‘ini hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bu boradagi sa’y-harakatlarni yanada rivojlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Unda farmon ijrosini ta’minlash hamda maktabgacha ta’lim muassasalarining davlat va nodavlat tarmoqlarini yanada kengaytirish, davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, davlat va xususiy sektor sherikligi shartlarida maktabgacha ta’lim muassasalarining yangi shakllarini joriy etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini samarali tashkil etishni ta’minlash maqsadi ko‘zda tutilgan.

Farmonda ta’kidlanishicha, oxirgi 20 yil ichida maktabgacha ta’lim muassasalari soni 45 foizdan ko‘proqqa qisqarib ketgan, bolalarning maktabgacha ta’lim muassasalari tomonidan qamrab olinishi salkam 30 foizni tashkil etadi.

Kuzatishlarga ko‘ra, Xalq ta’limi vazirligining davlat boshqaruvi va mahalliy hokimiyat organlari bilan hamkorlikdagi faoliyati aksariyat hollarda maktab ta’limini rivojlantirish bilan cheklanib qolmoqda.

Bolalarning qiziqish va intilishini hisobga olgan holda ularga maktabgacha bo‘lgan davrda har tomonlama puxta ta’lim-tarbiya berish, dunyoqarashini kengaytirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, qalbi va ongiga milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirib borish orqali ularni ona Vatanga muhabbat ruhida kamol toptirish masalasi davr talabidan ortda qolayotgani sababli maktabgacha ta’limning boshqaruv tizimi qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda.

Shu nuqtai nazardan bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tubdan yaxshilash, maktabgacha yoshdagi bolalar qamrovini oshirish, ilg‘or xorijiy tajribani o‘rgangan holda har jihatdan zamonaviy tizim yaratish masalasi dolzarbligicha qolmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan 2017 yil 16 avgust kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini so‘zsiz ta’minlash, maktabgacha ta’lim tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, tizimning boshqaruv tuzilmasini tashkil etish, maktabgacha ta’lim muassasalariga 5-6 yoshli bolalarni 100 foiz qamrab olish choralarini belgilash maqsadida 2017 yilning 30 sentyabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Yana o‘qing:  Yurtimizda zamonaviy koreys tashxis klinikasi barpo etiladi

Yangi vazirlik tizimiga Qoraqalpog‘iston maktabgacha ta’lim vazirligi, Toshkent shahri maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi, viloyatlarning maktabgacha ta’lim boshqarmalari va ularning shahar va tumanlardagi bo‘limlari kiradi.

– Maktabgacha ta’lim tizimini isloh qilishdagi mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida qarorda keng ko‘lamli tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan, – deydi Xalq ta’limi vazirligi maktabgacha ta’lim muassasalari boshqarmasi boshlig‘i Sabohat Mirjalilova. – Yangi vazirlikning asosiy vazifalari ichida O‘zbekistonda o‘zaro raqobatlashuvchi davlat va nodavlat MTMlari tarmog‘ini yaratish hisobiga bolalarning maktabgacha ta’lim bilan to‘liq qamrab olinishini bosqichma-bosqich ta’minlash hamda maktabgacha ta’lim va bolalarni tarbiyalashning muqobil shakllarini amaliyotga tatbiq qilish alohida qilib belgilab qo‘yilgan. Shu munosabat bilan maktabgacha ta’lim rahbarlari va pedagog xodimlarni zamonaviy texnologiyalar va metodlar negizida qayta tayyorlash va “bolalarni tarbiyalash bo‘yicha munosib sharoitlar”ni yaratish rejalashtirilgan.

Qaror bilan belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi natijasida bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakli bo‘lgan qisqa muddatli guruhlar tarmog‘ini kengaytirish, MTMlarning moddiy-texnik bazasini yaxshilash, nodavlat MTMlari tarmog‘i rivojlantirilib, ular o‘rtasida sog‘lom raqobatni shakllantirish orqali ta’lim xizmatlarining turlarini ko‘paytirish, tarbiyalanuvchilarning bilimi va ma’naviy-axloqiy darajasini yanada yuksaltirish, 5-6 yoshli bolalarni maktabgacha ta’limga 100 foiz qamrab olish imkoniyatini yaratish ko‘zda tutilgan.

Xurshida HUSENOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: