Prezident stipendiyasi uchun test sinovlari bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga nomzod talabalarning bilim darajalarini aniqlash bo‘yicha test sinovlari joriy yilning 26 sentyabr kuni bo‘lib o‘tdi va test natijalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etildi, deb xabar qildi DTM matbuot-xizmati.

«Test sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 13 oktyabrdagi «O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Davlat test markazining joriy yil 15 sentyabrdagi qo‘shma qarori hamda Davlat test markazining 19 sentyabrdagi buyrug‘i asosida o‘tkazildi.

Qayd etish kerak, test sinovlariga jami 107 ta talabgor jalb qilindi», deyilgan xabarda.

Yana o‘qing:  2 mingdan ziyod turdagi mahsulotlar namoyish etildi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: