Parhezbop qovoqcha

Qovoqcha eng past kaloriyali sabzavot (100 gr. da – 27 kkal) hisoblanib, u yuqori tarkibli biriktiruvchi to‘qimalari tufayli uzoq davom etadigan to‘qlik hissini paydo qiladi.

Qovoqcha yengil hazm bo‘ladi. Shuning uchun u meda-ichak, jigarning yallig‘lanish kasalliklari (gepatit, xoletsistit, o‘t pufagida tosh yig‘ilishi xastaligi)da barcha parhez taomlar tarkibiga kiradi. Bu sabzavot peshob haydovchi xususiyatga ega. Ayniqsa, shish bilan kechadigan yurak qon tomir kasalliklarida uning o‘rnini hech qanday vosita bosolmaydi. Kichikroq qovoqchalar (10-15 sm) yanada foydali. Ularda ko‘p miqdorda foydali moddalar bor.

Tavsiya: Toblab pishiriladigan qovoqcha: yangi uzilgan qovoqcha po‘stlog‘idan artiladi. So‘ng to‘rtburchak shaklda to‘g‘raladi va ozroq tuzlanadi. Keyin uning ustiga o‘simlik yog‘i quyiladi. Gaz pechida (10 daqiqa) yoki multiqaynatgichda (7 daqiqa) singitib pishiriladi. Tayyor bo‘lgan taom ustiga oshko‘klar sepiladi.

Vasila PO‘LATOVA

Yana o‘qing:  Asalli tort

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: