Buxoro viloyatida ovqatdan zaharlanganlar soni 166 nafargacha ko‘paydi

Buxoro viloyati Romitan tumanidagi “Diyor” to‘yxonasida 25 sentyabr kuni o‘tkazilgan to‘yda tuxumbarak yeb, zaharlanganlar soni 166 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Avvalroq tuxumbarakdan 90 kishi zaharlangani haqida xabar berilgan edi. 27 sentyabr soat 10:00 gacha Romitan tuman tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar bo‘limiga jami 166 nafar fuqaro murojaat qilgan.

Ular ko‘ngil aynishi, qayt qilish, bosh og‘rig‘i va umumiy holsizlikdan shikoyat qilgan. Ularga “O‘tkir diareya. Ovqatdan zaharlanish” tashxisi qo‘yilgan.

“Bemorlarning holati qoniqarli, og‘ir kasallar yo‘q, ularning barchasiga malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda”, — deyiladi vazirlik axborotida.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, murojaat qilganlarning 72 nafariga ahvoli yaxshilangani tufayli uyiga javob berilgan. Ayni vaqtda 92 nafar bemor tumanda, 2 nafar bemor esa viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda.

SSVning alohida qayd etishicha, hududdagi epidemik vaziyat alohida nazoratga olingan. Tumanga SSV mas’ullari va bir guruh yetakchi mutaxassislar yuborilgan.

Manba: sof.uz

Yana o‘qing:  Patronaj xizmati yanada takomillashtiriladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: