XABARLAR, YANGILIKLAR, VOQEALAR (2013-24)

  • O‘zbekiston Respublikasining YUNYeSKO huzuridagi doimiy vakolatxonasi tomonidan Parij Xalqaro diplomatiya akademiyasida O‘zbekistonning madaniyati, adabiyoti, musiqa va kino san’atiga bag‘ishlangan madaniy kecha uyushtirildi.
  • Amerika Qo‘shma Shtatlarining Brayand universitetida tashkil etilgan «World Trade Day» xalqaro konferensiya-ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekiston Respublikasining sarmoyaviy va sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatimizning ko‘p qirrali salohiyati, mustaqillik yillarida yurtimizda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda erishilgan muvaffaqiyatlar, o‘lkamizning betakror tabiati, tarixiy obidalari va sayyohlik salohiyati haqida hikoya qiluvchi axborot materiallari havola etildi.
  • Poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida Prezidentimizning 2011 yil 27 mayda imzolangan «O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad va taniqli shoira Saida Zunnunova xotirasiga Toshkent shahrida haykal o‘rnatish to‘g‘risida»gi qaroriga binoan barpo etilgan yodgorlik ochilishiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
Yana o‘qing:  O‘zbekistonda bolalar telestudiyasi tashkil etiladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: