XABARLAR, YANGILIKLAR, VOQEALAR (2012-37)

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovga 11 sentyabr kuni Oqsaroyda Qirg‘iz Respublikasi, Turkmaniston, Ruminiya hamda Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining mamlakatimizdagi yangi Favqulodda va muxtor elchilari etib tayinlangan – Emilbek Uzakbayev, Shiri Shiriyev, Romeo Stanchu va Jorj Edgar ishonch yorliqlarini topshirdi.

  • O‘zbekiston Respublikasining “Mardlik” ordenini ta’sis etish to‘g‘risidagi Qonuni, mazkur orden to‘g‘risidagi nizom va uning tavsifi matbuotda e’lon qilindi.

  • Poytaxtimizda “O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli va ahamiyati” mavzuidagi xalqaro konferensiya ish boshladi. Ushbu anjumanda nufuzli xalqaro tashkilotlar hamda moliya muassasalari rahbarlari, o‘nlab mamlakatlardan davlat va jamoat arboblari, ishbilarmonlar, olimlar hamda ekspertlar ishtirok etmoqda.

  • Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda Jahon banki hamkorligida “Tijorat banklarida moliyaviy hisobotlar va auditni xalqaro standartlar asosida yanada takomillashtirish” mavzuida amaliy seminar tashkil etildi.

  • Samarqand tibbiyot institutida “Bolalar jarrohligi, urologiya, anesteziologiya – reanimatologiya va neantologiyada yangi texnologiyalar” mavzuida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu anjumanda mamlakatimiz olimlari hamda Yevropaning o‘ndan ortiq davlatlaridan kelgan yuzga yaqin soha mutaxassislari qatnashdi.
Yana o‘qing:  MEHRDAN BUNYOD MASKAN

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: