Nigoh
Uchoviga bittagina nuqta chekilgan oq qog‘oz berishdi. Va unda nima aks etganini so‘rashdi.
– Qog‘oz yuzida dog‘ bor, – dedi biri.
– Oqni qora yenga olmaydi, – dedi ikkinchisi.
– Bu nuqta olamning markazi, – dedi uchinchisi.
Nigoh qanday bo‘lsa, borliq shunday ko‘rinadi. Nigoh teran bo‘lsa, keng, sayoz bo‘lsa, tor. Yorug‘ bo‘lsa, ravshan. Qaro bo‘lsa, tiyra!