Bolajonlar uchun foydali va mazali shokolad
Zarur masalliqlar: 100 gr kakao, 50 ml sut, 2 osh qoshiq qand upasi, 50 gr saryog‘, ta’bga ko‘ra vanilin, yong‘oq, uzum.
Tayyorlanishi: sut past olovda qaynatish uchun uchun qo‘yiladi. Qaynab chiqishiga bir oz muddat qolganida uning ichiga shakar, vanilin, saryog‘ qo‘shiladi. So‘ngra kakao qo‘shilib, qaynaguncha yaxshilab qoshiq yordamida aralashtirib turiladi. Qaynab chiqqan qaynoq shokolad ichiga ta’bga ko‘ra yong‘oq yoki uzum solib, suyuqlikni o‘zingizga maqul bo‘lgan shakldagi idishga quyib muzlatgichga joylashingiz mumkin. Shokolad tayyor!
Xurshidabonu