Bolalar kitobi – kelajak poydevori

Bugun poytaxtimizdagi G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida “Bolalar kitobi” III respublika festivali o‘z ishini boshladi. “Sog‘lom va ma’naviy yetuk avlod – yurt kelajagi” shiori ostida o‘tkazilayotgan tadbirning o‘tkazilishidan maqsad kelajak avlodni har tomonlama yetuk, barkamol inson etib voyaga yetkazishda kitobning o‘rni va ahamiyatini kuchaytirishdan iborat.

kitob festivali04

Mazkur festivalda yurtimizda faoliyat olib borayotgan 60 dan ziyod nashriyot va matbaa korxonalari o‘z kitob mahsulotlari bilan faol ishtirok etmoqda. Bayram kunlarida ishtirokchi nashriyotlar tomonidan so‘nggi yillarda chop etilgan 500 dan ziyod nomdagi yangi kitoblarning taqdimotlari, O‘zbekiston xalq shoirlari va yozuvchilari, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari, taniqli va yosh ijodkorlar bilan ijodiy uchrashuvlar, mushoiralar, qolaversa, noshir va matbaachilar bilan muloqotlar bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, Madaniyat vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar hokimligi va bir qator davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan o‘tkazilayotgan ushbu tadbir 14 sentyabrdan 16 sentyabrga qadar davom etadi.

Farzandlaringizga kitob sovg‘a qilishga shoshiling!

Xurshida HUSENOVA

Yana o‘qing:  “O‘zbeknavo” estarada birlashmasiga Bosh direktor o‘rinbosari tayinlandi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: