Aholining kam ta’minlangan qatlamlariga qo‘shimcha ko‘mak beriladi

Shavkat Mirziyoev 12 sentyabr kuni “Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Hujjatda 2017–2018 yillar uchun mintaqaviy manzilli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash dasturlarining ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan. Ularga ko‘ra ma’lum mehnat shakllari bilan shug‘ullanishni istagan kam ta’minlangan oilalar Tijorat banklarini imtiyozli kreditlash maxsus fondi mablag‘lari hisobidan imtiyozli foiz stavkasi asosida mikrokreditlar olishi mumkin bo‘ladi.

Mikrokreditlar tikuv mashinalari, mato va xom ashyo, hunarmandchilik faoliyati uchun inventar, maishiy, kompyuter va boshqa texnika, shuningdek, o‘zini ish bilan ta’minlash uchun zarur turli asbob-uskuna xarid qilish uchun ishlatilishi mumkin. Bundan tashqari, mablag‘ tomorqa, bog‘larni rivojlantirish, kichik issiqxonalar tashkil etish, parranda yoki chorva oqish, tegishli asbob-uskunalar xarid qilish, uy ta’mirlash uchun ishlatilishi mumkin.

Davlat byudjeti, Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi va “Mahalla” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan og‘ir sharoitda yashayotgan, boquvchisini yo‘qotgan yoki nogironlarga qarayotgan oilalarga beg‘araz yordam ko‘rsatiladi.

Xususan, 2017 va 2018 yillarda respublikaning har bir shahri va tumanidan o‘rtacha ikki va besh oilaga 10 yil davomida tortib olish huquqisiz arzon uylar taqdim etish rejalashtirilmoqda.

Shu yillarda respublikaning har bir tumani va shahridan 10–25 oilaning uy-joylarini ta’mirlab berish rejalashtirilmoqda.

Xuddi shunday, har bir tuman va shahardan o‘rtacha 70 oila maishiy texnika (gaz yoki elektr pechi, muzlatkich, tikuv mashinasi va h.k.) yoki bir boshdan yirik shoxli jonivorga ega bo‘ladi.

Bundan tashqari, har bir tuman va shahardan o‘rtacha olti oilaga og‘ir xastaliklardan davolanish haqi to‘lab beriladi.

Mintaqalarda ishsiz aholini ma’lum ish haqi yoki imtiyozlar evaziga aholi yashash punktlarini va mahallalarni obodonlashtirish, ariqlarni va irrigatsiya tarmoqlarini tozalash, uy-joy kommunal xo‘jalik ob’yektlarini ta’mirlash, infrastrukturani yaxshilash, yo‘l va ko‘chalarni, uy-joy kommunal xo‘jalik ob’yektlarini ta’mirlash, shuningdek, qishloq xo‘jaligi ishlariga keng miqyosda jalb etish rejalashtirilmoqda.

1 oktyabrdan bu jarayon tajriba tariqasida Qoraqalpog‘iston, Toshkent va viloyatlarda bittadan tumanda boshlanadi. 2018 yilning 1 yanvaridan bunday ishlar respublikaning barcha shaharlari va tumanlarida yo‘lga qo‘yiladi.

Jamoat ishlarini tashkil etish va o‘tkazish uchun 2017 yilda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qoshidagi jamoat ishlari fondiga davlat byudjetidan 84 milliard so‘m, 2018 yilda esa 714 milliard so‘m ajratiladi.

Yana o‘qing:  Oilaviy poliklinikalar Damas avtomashinasi bilan ta’minlanadi

Jamoat ishlariga jalb qilinadigan fuqarolarning ushbu fonddan oladigan daromadi jismoniy shaxslar uchun daromad solig‘idan ozod qilinadi. Shuningdek, bu daromad yagona ijtimoiy to‘lovga tortilmaydi.

2017–2018 yillarda kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar bor oilalarga hamda kam ta’minlangan oilalarga nafaqa to‘lash uchun ajratiladigan mablag‘larni tegishli ravishda 1,5 va 2 barobarga oshirish ko‘zda tutilmoqda.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: