Buyuk britaniyaliklar tongni qanday qarshilaydi?

Tadqiqotchilar 2000 nafar britaniyalik odamni tonggi odatlar to‘g‘risidagi so‘rovdan o‘tkazdi. Ishtirokchilarning ko‘pchiligi kayfiyatni ko‘tarish uchun ertalabdan ijtimoiy tarmoqlarga kirishlarini aytdi.

Ma’lum bo‘lishicha, qatnashchilarning 23 foizi tongda ijtimoiy tarmoqlarga tashrif buyuradi. So‘rovdan o‘tkazilgan har uch odamdan bittasi quyosh nuri va qushlarning sayrashidan uyg‘onishni yoqtiradi. Har o‘ninchi ishtirokchi esa uyg‘otuvchi soatni o‘chirib qo‘yib, yana uyquni davom ettiradi.

Shuningdek, qatnashchilarning 17 foizi to‘liq nonushta qilishi, 13 foizi esa yengil ovqatlanishi aniqlandi. 27 foiz odamlar tongda o‘zlari yoqtirgan musiqalarni tinglaydi. Ba’zi ishtirokchilar esa ertalab sayr qilishni, sportzal yoki basseynga borishni afzal ko‘rishi ma’lum bo‘ldi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Kubok musobaqalari yakunlandi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: