G‘ALABAGA TENG DURANG
Kecha Osiyo Chempionlar ligasi chorak final bahslarining dastlabki o‘yini Toshkentning Bunyodkor hamda Avstraliyaning Adelaida Yunayted jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.
“Bunyodkor” olis Avstraliyada 2:2 hisobida durang o‘ynab, 2 haftadan keyib bo‘lib o‘tadigan javob uchrashuvi oldidan yarim finalga chiqish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘lib oldi. Ayniqsa, o‘yin davomida Qosimov shogirdlari 0:2 hisobida yutqaza turib, yakunda durangga erishishganini inobatga olsak, delegatsiya vakillari ortga safarni yaxshi kayfiyatda o‘tkazadigan bo‘lishdi. Eslatib o‘tamiz bu jamoalar o‘rtasidagi javob uchrashuvi 4 oktyabr kuni Toshkentdagi JAR stadionida bo‘lib o‘tadi.