Tungi smenada ishlovchilar semirish va diabet kasalligiga yo‘liqishi mumkin

Bunday tartibda ishlash moddalar almashinuvini buzadi, shuning uchun vazn tashlash jarayoni qiyin kechadi, deb ogohlantiradi shifokorlar. The Daily Mail jurnalida yozilishicha, inson organizmida yog‘dan quvvat ajratib oluvchi va uni ichki “zaxira” bo‘ylab taqsimlab turadigan NFIL3 oqsili mavjud. Ushbu oqsil faoliyati sutkalik ritmga bog‘liq.

Olimlar fikricha, tunda ishlaydiganlar yoki tez-tez sayohat qilib turuvchi odamlar semirish, diabet kabi kasalliklardan ko‘p aziyat chekadi. Tadqiqotchilar normal vazndagi sichqonlarda sinov-tajriba o‘tkazishdi. Jonivorlarning ba’zilarini 10 hafta davomida yog‘li ovqatlar bilan, ba’zilarini odatiy tartibda ovqatlantirib borildi. Bu vaqt ichida ular kunduzi uxlab, kechasi uyg‘oq bo‘lishdi. Shundan so‘ng sutkalik ritm vaqtincha me’yoriga qaytarildi va NFIL3 oqsilining miqdori tahlil qilindi. Tekshiruvlar natijasida, normal tartibga qaytish jarayonida bu oqsil ko‘p ishlab chiqarilishi, yani moddalar almashinuvi turg‘un holatda bo‘lishi aniqlandi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  SARIMSOQ – TABIIY ANTISEPTIK VOSITA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: